O‘tgan hafta Fergana Hotel Bronit Menu’ga ulandi. Mehmonlar menyuni xonadagi QR-kodni skanerlab ochadi — qo‘ng‘iroqsiz va ilova o‘rnatmasdan.
Bu qanday ishlaydi
- mehmon QR-kodni skanerlaydi va restoran menyusini rasm va narxlari bilan ko‘radi;
- taomlarni savatga qo‘shib, buyurtmani darhol yoki kerakli vaqtga yuboradi;
- buyurtma mehmonxonaning Telegram guruhiga keladi, xodim uni bitta tugma bilan qabul qiladi;
- mehmon buyurtma qabul qilinib, tayyorlanayotganini ko‘radi.
Menyudan tashqari sahifada budilnik, taksi chaqirish, mehmonxona xizmatlari, qabulxona bilan aloqa va sharh shakli bor. Hammasi — mehmon tilida.
Mehmonxona uchun
Menyu, narx va rasmlarni mehmonxona Bronit panelida o‘zi o‘zgartiradi, tahlil bo‘limida esa mehmonlar eng ko‘p nimani ochib, nimani buyurtma qilayotganini ko‘radi.
Bronit Menu’ni bir kunda ulash mumkin. 14 kunlik bepul sinovdan boshlang.
- bronit menu
- fergana hotel
Bronit’ni mehmonxonangiz yoki restoraningizda sinab ko‘ring
Karta kerak emas. Istalgan vaqtda bekor qilish mumkin.
